Doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoring qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarorida ilmiy izlanuvchilar faoliyati samaradorligi boʻyicha har yili kamida 1 marta monitoring olib borish belgilangan. Shunga muvofiq, Ilm-fan va taʼlim integratsiyasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Shomuratov, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi M.Xodjanov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va IPT boʻlimi boshligʻi Y.Djumaniyazovalar tomonidan Urganch davlat universiteti ilmiy izlanuvchilari faoliyati samaradorligi  monitoring qilindi.

Universitetda ilmiy izlanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy laboratoriyalarning mavjudlik holati, izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun ajratilgan xonalar holati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, 1-kurs tayanch doktorantlar bilan uchrashib, muammolari yuzasidan zarur tavsiya berdilar.

urdu.uz, Doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoring qilindi

urdu.uz, Doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoring qilindi

urdu.uz, Doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoring qilindi

urdu.uz, Doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoring qilindi