Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida viloyat hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘z ishini boshladi.
Yarmarkaning ochilish tadbirida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, ko‘rgazma pavilonlaridan joy olgan mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldi. Ko‘rgazmada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ularning orasida Urganch davlat universiteti olimlarining ham ilmiy-innovatsion loyihalari, ishlanmalari bilan barchani oʻziga jalb etayotgan pavilonlari mavjud.
Yarmarka ertaga ham davom etadi.