Shahrimiz markazidagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil etilgan ushbu ikki kunlik koʻrgazmada universitetning 25 nomdagi 50 dan ortiq sotuvga tayyor mahsulotlari namoyish etildi va stentlarimiz Respublikamizning turli hududlaridan kelgan nufuzli mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Ayniqsa, Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov universitetning eng yaxshi innovatsion ishlanmalarini keng doirada ishlab chiqarishga har tomonlanma ko‘maklashish va ushbu mahsulotlarni birinchi galda kombinatga sotib olish istagini bildirdi.
Ko‘rgazma yakunida Urganch davlat universiteti “INNOVATSION MAHSULOT SOHIBI" nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi va viloyat hokimining Diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, universitetning Xorazm Innovatsion texnoparki yarmarkada faol ishtiroki uchun viloyat hokimi Tashakkurnomasini qo‘lga kiritdi.
Jamoamizga davomiy muvaffaqiyatlar hamroh boʻlsin!