Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi O.Otamuratov, Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev va universitet tyutorlari, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻlimi boshligʻi Y.Botirovlar ishtirokida kuz-qish mavsumida TTJ va ijara xonadonlarni xavfsizligini taʻminlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda havo haroratining sovib borishi natijasida, kuz-qish mavsumida talabalarning ijara xonadonlarida uchrashi mumkin boʻlgan turli favqulodda holatlarni oldini olish, jumladan, is gazidan zaharlanish, yongʻin kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlar, elektr tokidan notoʻgʻri foydalanishning zararli oqibatlari muhokama qilinib, bunday koʻngilsizliklarni oldini olish uchun hamkorlik faoliyat olib borishga kelishildi.