Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga ko‘ra, “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ularning orasida Urganch davlat universitetining ham professor-oʻqituvchilari borligi butun jamoamiz uchun katta sharaf va faxrdir.
Babadjanov Kamildjon Urazbayevich – Urganch davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
Ermetova Jamila Ismailovna – Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Jumaniyozova Mamlakat Tojiyevna – Urganch davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti
Masharipov Farhod To‘raxonovich – Urganch davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi mudiri
Raximov Botir Matyakubovich – Urganch davlat universiteti Musiqiy ta’lim kafedrasi mudiri
Ruziyev Erkin Iskandarovich – Urganch davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri
Barcha taqdirlangan ustozlarimizni ushbu eʼtirof bilan Urganch davlat universitetining koʻp ming sonli jamoasi nomidan qizgʻin muborakbod etamiz. Kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!