Bugun, 5-oktabr kuni Urganch davlat universiteti amaliyotchi psixologi Mohinur Avezova va Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutorlari hamkorligida fakultetning 1-bosqich talabalari bilan "Men va men tanlagan kasb" mavzusida psixologik trening o'tkazildi.
Trening davomida talabalarga tanlagan kasbi yuzasidan doimo yangilikga intilish, bo'sh vaqtida ilmiy adabiyotlarni o'qish va o'z ustida ishlashi boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mashgʻulot davomida yoshlarni oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradigan psixologik testlar va o'yinlar tashkil qilindi.