Joriy yil 5-oktabr kuni “Kapital sug’urta” AJ bosh direktori X.Bo‘rixojayev, Majburiy sug’urta departamenti direktori I.Bobojonov, IT departamenti direktori Sh.Haqberdiyev hamda Xorazm viloyati filiali direktori I.Allaberganovlarning Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Talabalarning qoʻshimcha daromad olishlari hamda ish bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarga UrDU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldoshev moderatorlik qildi.
Seminarda “Kapital sug’urta” AJ ning oʻtgan davr mobaynidagi rivojlanishi, mamlakatimizda sugʻurta xizmatlari boʻyicha yetakchilardan biriga aylanganligi, sugʻurta xizmatlari bozorida mijozlarga ishonchli xizmat koʻrsatishda olib borilayotgan ishlar hamda qulayliklar haqida toʻxtaldilar.
Aziz talabalar, mazkur kompaniya qulayliklari bilan tanishib boring: https://t.me/kapital7773