Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat universitetida yangi 2023-2024 o‘quv yili boshlangani munosabati bilan “Ota-onalar kongresi” o‘tkazildi. Bugungi “Ota-onalar kongresi” Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan oʻtkazildi.

Ota-onalar bilan uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyat, fakultet professor-o‘qituvchilari,  tyutorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Rektor ota-onalarni tabriklash barobarida ularning takliflarini eshitdi.  Shuningdek, rahbariyat tomonidan universitet ichki tartib-qoidalari haqida gapirilib, ta’lim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishi ta’kidlab o‘tildi. Universitet faoliyati, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

So‘ngra, ota-onalar universitet bo‘ylab sayohat qilishdi, zamonaviy ta’lim jarayonlari, o‘quv-laboratoriya  xonalari, axborot-resurs markazlari, talabalar turar joylarini borib koʻrdilar.

urdu.uz, Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi