Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv

UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.Shihovaning navbatdagi uchrashuvi 6-oktabr kuni Fizika-Matematika fakulteti Matematik injiniring, Matematika hamda Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo'nalishlarining 1-kurs talabalari bilan boʻlib oʻtdi. Unda fakultet tyutorlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda oliy ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirildi. Universitet oʻqituvchilari va talabalari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishlari lozimligi ta’kidlanib, oliygoh ostonasiga yangi qadam qoʻygan talabalar chuqur ilm egallashga, halol baho olishga chaqirildi.

urdu.uz, Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv

urdu.uz, Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv

urdu.uz, Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv

urdu.uz, Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv