Bugun, 10-oktabr kuni boʼlib oʼtgan mazkur kongresda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, fakultet dekani Z.Jumaniyozovlar Xorijiy filologiya fakultetining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida suhbat olib borishdi.
Shuningdek, universitet ichki tartib-qoidalari haqida soʻz yuritilib, talabalarning oʻqishi, yurish-turishi, qiziqish va intilishlari borasida ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash borasida toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz navbatida ota-onalarning takliflari, muammolari eshitildi.