Urganch davlat universitetida yangi 2023-2024 o‘quv yili boshlangani munosabati bilan “Ota-onalar kongresi” barcha fakultetlar kesimida o‘tkazilib kelinmoqda. Bugungi “Ota-onalar kongresi” Texnika fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan boʻlib o‘tdi.
UrDU rektori B.Abdullayev tomonidan rektor maslahatchisi R.Sharipov va fakultet dekani M.Qurbonov hamrohligida o‘tkazilgan uchrashuvda universitetning bugungi kundagi faoliyati, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Universitet ichki tartib-qoidalari haqida gapirilib, ta’lim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.
Talabalarning darslarga o‘z vaqtida qatnashishi va bunda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari tushuntirildi. O‘z navbatida, ota-onalarning ham takliflari eshitildi.