Urganch davlat universiteti talabalari o'rtasida ikki kun davomida

Xabaringiz bor, Urganch davlat universiteti talabalari o'rtasida ikki kun davomida "Rektor kubogi" sport musobaqalari o'tkazildi. Bugun ushbu musobaqalar g'oliblarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda universitet rektori B.Abdullayev ishtirok etib,  g'oliblarni qutladi va esdalik sovg'alarini topshirdi. Shuningdek, oliygoh talabalaridan tashkil topgan "Qalqon" guruhi a'zolariga ramziy guvohnomalari ham topshirildi.

Talaba-yoshlar uchun o'ziga xos motivatsiya bo'lgan ushbu tadbir "Students party" madaniy ko'ngilochar konsert dasturiga ulanib ketdi.