Bugun, 19-oktabr kuni Samarqand viloyatining Silk road turistik majmuasidagi kongreslar markazida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida "Global ta’lim forumi" oʼtkazilmoqda.
Mazkur ta’lim forumida respublika oliy va professional ta’lim muassasalari vakillari qatorida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov, “Turizm” kafedrasi mudiri B.Ollanazarov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari, soha doirasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan doktorant va talabalar ishtirok etmoqda.
Forum doirasida UrDU rektori Baxrom Abdullayev va Qozogʻistonning Xalqaro turizm va mehmondo'stlik universiteti O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Kultay Adilova tomonidan ikki universitet oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish, birgalikda stajirovkalar, seminarlar, konferensiyalar va madaniy tadbirlar tashkil etishni koʻzda tutadi.