Bugun “Ota-onalar kongresi” Kimyoviy texnologiyalar fakultetida davom etdi. UrDU rektori B.Abdullayev fakultet dekani Sh.Kuramboyev va fakultet professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, universitet ichki-tartib qoidalari, kredit-modul tizimi haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli huquqbuzarlik va korrupsion holatlarni oldini olishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi haqida taʻkidlanib, ota-onalarning ham fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Shundan soʻng, ota-onalar fakultet sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
'