Bugun Urganch davlat universitetida ertalabdan bayram shukuhi kezmoqda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi jamoamiz tomonidan munosib qarshi olinmoqda.
Ayniqsa, O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan universitet professor-o'qituvchilari hamda talabalari Vatanimizni, ona tilimizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar bilan bayramona kutib olingani erta tongdan barchani diliga yuqori xushnudlik ulashdi.
Tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Dunyodagi boy va qadimiy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat hisoblanadi.
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin, aziz hamyurtlar!