Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

Joriy yil 20-oktabr kuni 2023-2024 oʻquv yilida yangi ochilgan Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili bakalavr taʼlim yoʻnalishining tashkil etilishi munosabati bilan tantanali madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda viloyatimizdagi Koreys milliy-madaniy markazi vakillari mehmon bo'ldi.

Madaniy tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning azaliy doʻstlik munosabatlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikning yurtimizdagi oʻziga xos ifodasi, milliy qadriyatlar mushtarakligi, Koreya oliy taʼlim muassasalari bilan yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik aloqalari, oʼzbek talabalarining koreys tili va madaniyatini oʼrganishga boʼlgan qiziqishlari haqida soʼz yuritdilar.

Shundan soʼng, Koreya madaniyatiga bag'ishlangan madaniy dastur namoyish etildi. Unda koreys tili ta'lim yo'nalishi talabalari ijrosida koreyscha she'r va qo'shiqlar, sahna ko'rishlari, raqslar ijro etildi.

Ayniqsa, koreys milliy taomlari, qoʻl ishlari ko'rgazmasi, Chuseok – Koreya milliy hosil bayrami barchani e'tiborini tortdi.

urdu.uz, Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi'urdu.uz, Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Koreya madaniyatiga bagʻishlangan madaniy tadbir oʻtkazildi