Xabaringiz bor, joriy yilning 25-29-oktabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada o‘tkazilishi belgilangan.
Kecha, 25-oktabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida olimpiaga start berildi. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida olimpiadaning ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, tegishli oliygohlarning rektorlari qatorida Urganch davlat universiteti rektori, professor Baxrom Abdullayev hamda Fizika-matematika fakulteti oʻqituvchilari ham ishtirok etdi.
Olimpiadaning 1-turi bugun, 26-oktabr kuni, ikkinchi turi 27-oktabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyida bo‘lib o‘tadi.