oriy yilning 25-27 oktabr kunlari Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar o'z bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazishdi.
Ushbu olimpiada universitetimizning ham talabalari faol ishtirok etib, faxrli natijalarni qoʻlga kiritdilar.
Xususan, Fizika-matematika fakulteti Matematika ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi Masharipov Anvarbek Oltin medal bilan;
Fizika-matematika fakulteti Matematika ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabasi Qo'shnazarov Rasulbek Kumush medal bilan;
Fizika-matematika fakulteti, Matematika ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi Nurjonov Navro'zbek Bronza medali bilan taqdirlandi.
Universitetimiz talabalarining ushbu yutuqlari buyuk donishmand, dunyo fan va sivilizatsiyasi rivojiga ulkan qo‘shgan matematik olim Muhammad al-Xorazmiyga munosib avlod ekanligini yana bir marotaba isbotladi.
Bu kabi musobaqalar ilmli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni boshlang‘ich va aniq fanlar bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda fan sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishga o'z hissasini qo'shadi.
Jamoamizga gʻalaba muborak boʻlsin!