Joriy yil oktabr oyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'tkazilgan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi musobaqalarning viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, Buxoroda o'tkazilishi rejalashtirilgan Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Urganch davlat universitetining talabalari bilan universitet rektori Baxrom Abdullayevning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Aytish joizki, Respublika bosqichiga yoʻl olgan sportchilarimiz Sport va sanʼat, Pedagogika, Oʼzbek filologiyasi, Xorijiy filologiya hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetlarining talabalari hisoblanadi.
Uchrashuvda rektor B.Abdullayev viloyat bosqichi g'oliblarini samimiy qutladi va keyingi bosqich uchun omad va zafarlar tiladi. Safar oldidan sport kiyimlari taqdim etdi.
Talabalarimizga jarayonlarda ulkan zafarlar tilaymiz!