Dastlab Urganch davlat universiteti va Chirchiq davlat pedagogika universiteti oʻrtasidagi istiqbolli va oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari xususida suhbat boʻldi. Shundan soʻng, ChDPU vakili Sh.Botirova mazkur oliygoh rektori Gʻofurjon Muhammedov nomidan Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev hamda O’quv ishlari bo’yicha prorektori Sardor Xo’janiyozovga llmiy tadqiqot ishlarni sifatli va o'z vaqtida bajarishda, ilmiy hamkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etishda, hamda universitetning ilmiy salohiyatini oshirishdagi xizmatlari uchun, shuningdek, Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli ilmiy kengash raisi, professor Zaripboy Do'simovga ta'lim sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalar va innovatsion ishlanmalar milliy ta'lim tizimiga isloh qilishda salohiyatli yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda yuzaga kelayotgan muammolarini nazariy asoslarini aniqlash, amaliy yechimlarini yaratishda Chirchiq davlat Pedagogika universitetida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatli va o'z vaqtida bajarishda, ilmiy hamkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etishda hamda universitetning ilmiy salohiyatini oshirishdagi xizmatlari uchun Tashakkurnomalar taqdim etdi.