Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashabbusi bilan joriy yilning oktabr-noyabr oylarida jamg‘arish madaniyatini shakllantirish, shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida “World savings day” (“Butunjahon jamg‘arish kuni”) xalqaro taʼlim tadbiri doirasida noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarining talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz” mavzusida amaliy treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu rejaga muvofiq, 2023 yilning 31-oktabrida Fizika-matematika fakulteti “Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo’nalishining 1-2-bosqich talabalariga Markaziy bank Xorazm viloyat Bosh boshqarmasi Ijro apparati bosh mutaxassisi Sayyora Аbdullayeva, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti “Buxgateriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, N.BFayzullayev va 201-BHA ta’lim yonalishi talabasi – volontyor, Z.Atabayeva bilan hamkorlikda amaliy trening tashkil qilindi. 

Treningda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ham ishtirok etib, treningdan ko’zlangan maqsad va talaba-yoshlarda moliyaviy savodxonlikni oshirishning afzalliklari xususida fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Trening yakunida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 

urdu.uz, Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz!

urdu.uz, Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz!

urdu.uz, Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz!

urdu.uz, Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz!