Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab qurilmoqda. Unda Maʼnaviyat xonasi, kompyuter va sport anjomlari xonalari, kutubxona, nogironlar uchun alohida xonalar, yashash xonalari va boshqa zaruriy xonalar boʻlishi rejalashtirilgan.
Bugun UrDU rektori Baxrom Abdullayev hududda bo'lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Quruvchilar bilan muloqot qilib, zarur tavsiyalar berdi.