Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugun, 2-noyabr kuni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.Shihovalar ishtirokida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining Menejment va iqtisodiyot yo'nalishining 1-kurs, Tarix yo'nalishining 3-kurs talabalari bilan "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida soʻz yuritdilar.  Oliy ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirildi. Universitet oʻqituvchilari va talabalari korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishlari lozimligi ta’kidlandi. Mavzu yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

urdu.uz, Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

urdu.uz, Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

urdu.uz, Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi