UrDUda akademik Azimboy Sa’dullayevning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan bugun, 3-noyabr kuni Urganch davlat universitetida akademik Azimboy Sa′dullayev ilm-fan sohasida  erishilgan yutuqlar va sohaning bugungi kundagi rivoji yuzasidan ma’ruza qildi. 

Ma’ruzada V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘limi ilmiy xodimlari, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida Fizika-matematika fakultetida ilmiy tadqiqot olib borayotgan o‘qituvchilar, talabalar va UrDU huzuridagi ixtisoslashgan maktabning iqtidorli o‘quvchilari qatnashdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti professori G.Xudayberganov, Qoraqalpoqiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reyimovlar Faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. 

Ma’ruzalarda Akademiyaning tashkil etilish tarixi, rivojlanishi to‘g‘risida so‘z bordi. Tadbirning ikkinchi qismida matematika sohasida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish, ilmiy muammoning qo‘yilishidan tortib uning yechimigacha bo‘lgan bosqichlar haqida muloqot bo‘lib o‘tdi.

urdu.uz, UrDUda akademik Azimboy Sa’dullayevning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, UrDUda akademik Azimboy Sa’dullayevning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, UrDUda akademik Azimboy Sa’dullayevning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, UrDUda akademik Azimboy Sa’dullayevning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi