Rektorlar IT Park Xorazm filialida bo‘lishdi

Bugun Qoraqalpoqiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reyimov hamda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevlar IT Park Xorazm filialini borib ko‘rishdi.

15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu markaz yiliga 4 ming 500 nafar yoshni axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish va IT xizmatlar ko‘rsatish quvvatiga ega. Bu yoshlarning zamonaviy mutaxassisliklarni egallab, o‘z yo‘lini topishida muhim omil bo‘lmoqda. Ushbu majmuada yuzlab yigit-qiz ish bilan taʼminlangan.

Mehmonlarga IT parkda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

Shu yerning o‘zida axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot qilindi. Ular o‘zlarining faoliyatlari haqida so‘zlab berishdi.

urdu.uz, Rektorlar IT Park Xorazm filialida bo‘lishdi