Bugun respublikamiz bo’ylab “Biz bir bo’lsak – yagona – xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Ma’naviyat marafoni" o’tkazilmoqda.
Urganch davlat universitetida ham kun davomida turli loyihalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, intellektual oʻyinlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, universitetning konferensiyalar zalida “Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fakulteti talabalari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu seminarni birinchi prorektor D.Ibadullayev ochib berdi.
Seminar davomida UrDU amaliyotchi psixologi M.Avezova tomonidan psixologik tavsiyalar, metodikalar oʻtkazildi.