Delegatsiya a′zolari Xivada: ham ilmiy hamkorlik, ham turizm...

Bugun Belarus milliy texnika universitetining rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligida delegatsiya a′zolari universitet O′quv ishlari bo′yicha prorektor S.Xodjaniyozov hamrohligida  qadimiy va hamisha navqiron Xiva "Ichan qal'a" majmuasi bo'ylab sayohat qilishdi. 

Xiva “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi qadimdan to bugungi kungacha bo‘lgan Xorazm tarixi, madaniyati, amaliy san’ati, hunarmandchiligi va adabiyotini o‘zida jo etgan, dunyo hamjamiyatini o′z bag′riga chorlayotgan 53 ta tarixiy, madaniy yodgorlikni o‘z ichiga olgan majmua sanaladi. 

Sayohatchilar “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi boshlovchilari hamrohligida moziyda o‘ziga xos tamaddun, ilm-fan va madaniyat markazi bo‘lgan Xorazmshohlar poytaxti - Xiva shahrining yuzaga kelish tarixi va asoslari bilan tanishdilar.  Tarixda shaharning obodonchiligi, madrasa va masjidlar, karvonsaroylar va boshqa tarixiy binolarning qurilishi, uslub va andozalari haqida mehmonlarga atroflicha tushunchalar berildi. 

Sayohatchilar shahardagi majmualar haqida qimmatli ma’lumotlar bilan birga g‘aroyib taassurotga ega ham ega bo‘lishdi.

Belarus milliy texnika universiteti delegatsiyasining universitetimizga tashrifi nafaqat xalqaro ilmiy hamkorlik, balki xalqaro turizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.