Joriy yil 21-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy - tadqiqot markazi ilmiy xodimlari B.Mahmudov, J.Jumayev, S.Abduvoitov, A.Mamadaliyevlar, shuningdek, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Sh.Allaberganov, universitet tyutorlari hamda barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosi va axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, yoshlar orasida diniy tafakkurni toʼgʼri shakllantirish to’g’risida maʼruzalar qilindi. Uchrashuv davomida talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, fikr-mulohazalar bildirdilar.