Respublika ishchi guruhi Urganch davlat universitetida oʻrganish ishlarini olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 7-sentabrdagi 20-1460-son topshirig‘i hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli Bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-23-noyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi aʼzolari Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab olishda ko‘maklashish yuzasidan o‘rganishlar amalga oshirmoqda. 

Mazkur ishchi guruh bugun oʼz faoliyatini Urganch davlat universitetida olib bordi. Universitetda oliy ta’lim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati oʻrganildi.

Yakunda universitet rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, oʻrganishlar atroflicha tahlil qilindi. Ayrim kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlash bildirildi. Qilinishi lozim boʻlgan ishlar borasida takliflar eshitildi. 

t=""