Oʼzbekiston Respublikasi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʼyicha davlat komissiyasi ishchi guruhi Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida ham oʼrganish ishlarini olib bordi.
Xususan, talaba-yoshlarni darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlarni kuzatdilar. Universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev tomonidan oliygohning talabalar turar joylarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, sport bilan muntazam shugʼillanishlari uchun mavjud imkoniyatlar ishchi guruh aʼzolariga tanishtirildi.
Aytish joizki, TTJ da yashovchi talabalar universitetning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, turli toʼgaraklar va sport mashgʼulotlari bilan doimiy ravishda banddirlar.