Joriy yilning 16-noyabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Sh.Katayeva rus tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabalariga "Rus adabiyoti tarixi" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.
Mashg'ulot "Мотив «бедности и нищеты», особенности эпистолярной ситуации в романе Ф.М.Достоевского «Бедные люди»" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan, videolavhalardan foydalanildi va yozuvchining asarlari haqida viktorina o'yini o'tkazildi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari S.A.Ruzmetov, I.H.Shermatov ishtirok etishdi va dars samaradorligi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.