Joriy yilning 16-noyabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi N.Djumaniyazova rus tili ta'lim yo'nalishi 204-guruh talabalariga "MDH xalqlari adabiyoti" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.
Mashg'ulot "Литература Туркменистана" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan, videolavhalardan samarali foydalanildi. Mavzuni to'liq mustahkamlash maqsadida turkman yozuvchilariga ta'rif berilib, asarlaridagi obrazlarni milliy kiyimlarida namoyish qilishdi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari O'.S.Qalandarov, N.A.Rajabova ishtirok etishdi va dars samaradorligi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.