Bugun, 29-noyabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Tanlov O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo va ulug' rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodi bo'yicha tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 9 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Tanlov ishtirokchilarining o'zaro bahslari, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 205-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi hamda shu yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadigan final bosqichga yoʻl olishdi.
Tanlov gʻoliblar bilan tanishing:
1-o'rin: 223-o'zbek tili guruhi talabasi Safarboyeva Marjona
1-o'rin: 231-rus guruhi talabasi Ulug'bekova Malika
2-o'rin: 202-o'zbek tili guruhi talabasi Bekchanova Sharifa
3-o'rin: 232-o'zbek tili guruhi talabasi Odamboyeva Mohichehra