Joriy yil 5-6 dekabr kunlari "8-dekabr -Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni"ga bagʻishlab, universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida Voleybol boʻyicha “Universitet birinchiligi” musobaqalari tashkil qilindi.
Musobaqa natijalariga koʻra:
Erkaklar oʻrtasida:
✔️ 1-oʻrin: Fizika-matematika fakulteti jamoasi;
✔️2-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
✔️3-oʻrin Texnika fakulteti jamoasi.
Nominatsiya bo'yicha: Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
Ayollar oʻrtasida:
✔️ 1-oʻrin: Xorijiy filologiya jamoasi;
✔️2-oʻrin: Texnika fakulteti jamoasi;
✔️3-oʻrin: Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
Nominatsiya bo'yicha: Ishchi-xizmatchi xodimlar jamoasi.
Gʻoliblar UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.




