BOSH QOMUSIMIZNING 31 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!
Aziz yurtdoshlar, hurmatli Urganch davlat universiteti jamoasi, qadrli o′gil-qizlarim!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bosh Qomusimiz -mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolatidir. Jamiyatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlar, islohotlar inson qadri uchun,kelajak avlodlarimizning istiqboli uchun tashlanayotgan qadamlarimizda Qomusimiz ham kuch,ham qudratimiz, ham ishonch bo'lib xizmat qilmoqda.
Yurtimiz ravnaqi yo'lidagi sharafli faoliyatingiz, ezgu ishlaringiz va tashabbuslaringizda ulkan zafarlar tilayman. Oilangizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va baxt-saodat yor bo'lsin. Vatanimiz tinchligiga aslo ko'z tegmasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, f-m.f.d., professor