Joriy yil 18-noyabr sanasida Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi soni bo’lib o’tdi

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o’rinbosari Sarvarhon Buzrukhonov boshchiligida o’tkazilgan ushbu kengashda universitet rahbariyati va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etib, belgilangan masalalarni ko’rib chiqishdi.
Kengashdan ko’zlangan maqsad quyidagi masalalarni ko’rib chiqib, ijrosini amalga oshirishdir:
•  Urganch davlat universitetini Abu Rayhon Beruniy nomi bilan atash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taklif berish;
•  Universitetning Urganch shahar H. Olimjon ko’chasidagi qurilish- ta’mirlash ishlari tugallangan yangi 2000 o’rinli “Smart” o’quv binosini foydalanishga qabul qilinganligi sababli bino saqlab turish uchun yangi texnik hodimlar shtat birliklari joriy etish; 
•  Urganch shahar V. Fayozov ko’chasida yangi 2000 o’rinli o’quv binosi qurish;
•  Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro’yhatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD (DsC) va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 50 yoshgacha bo’lgan mutaxassislarning lavozim maoshiga 50 foyizgacha qo’shimcha ustamalar berish taklifi;
•  Universitetning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatidagi nazorat tadbirlarining ijrosi;
•  Universitetda ma’nan eskirgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish hamda foydalanishda bo’lmagan asosiy vositalarni universitet huzuridagi ta’lim muassasalari va Viloyat xalq ta’lim boshqarmasi xatiga asosan maktablar balansiga o’tkazib berish;
•  Universitet ehtiyojlari uchun avtotransport vositalarini harid qilish;
•  Universitetda professor-o’qituvchilar uchun mehnatiga haq to’lash miqdorlarini belgilash to’g’risida hamda universitetning huzuridagi ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi ishchi hodimlarga ustamalar tayinlash to’g’risida.