2023-yil 11-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining navbatdagi 4-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Har galgi an'anaga muvofiq, Kengash yigʻilishi avvalida yutuqlar e'tirof etildi. Xususan, Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani D.Gʻayipov hamda “Fizika” kafedrasi mudiri U.Qutliyevga Professor diplomlari, shuningdek, 6 nafar professor-oʻqituvchilarga PhD diplomlari topshirildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdirlangan filologiya fanlari doktori, prof.v.b. A.O‘razboyevga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.
Shundan soʻng, Kengash yigʼilishi kun tartibidan oʻrin olgan axborotlar, turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi. OAK dotsenti ilmiy unvoni uchun ariza bergan talabgorlar saylovdan oʻtkazildi.