Havo haroratining keskin pasayganligi sababli qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida Urganch davlat universitetida oʻquv auditoriyalari, talabalar turar joylarining issiqligini taʼminlash, talabalarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, universitet lokal qozonxonasiga 4 ta oʼquv bino va 5 ta TTJ binolari ulangan boʻlib, uzliksiz ishlashni taʼminlash maqsadida santexnik va elektriklardan iborat kunlik navbatchilik tashkil qilingan. Havo haroratining sovuqligi eʼtiborga olinib, qozonxonada uzliksiz koʻmir yoqilgʻisidan foydalanilmoqda.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bir guruh masʼullar hamrohligida universitet isitish qozonxonasining ish faoliyatini koʼzdan kechirdi.
Shuningdek, 1,2,3,4-son talabalar turar joylarida boʻlib, yotoqxonalarning issiqlik holati oʻrganildi. Talabalar bilan suhbatda boʻlinganida, xonalarning issiqligidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Oʻrganishlar yakunida masʻullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, tegishli topshiriqlar berildi.