O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yoshda!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 1943-yil 4-noyabrda tashkil etilgan boʼlib,  o‘tgan yillar davomida ilm-fan fidoyilari bo‘lgan  olimlarimiz zahmatli mehnatlari evaziga mamlakat va millat rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi. Bugungi kun xalqimiz, millatimiz, uning rivojini istagan har qanday inson uchun bayramdir! 

Ayni damda poytaxtimizning xalqaro Anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosim oʻtkazilmoqda. 

Tantanali marosimda Respublikamizning barcha ziyolilari, ilm-fan dargʻalari, OTM rektorlari qatorida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ham Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va TTA Urganch filiali direktori Rashid Ro'ziboyevlar bilan birgalikda ishtirok etmoqda.