MILLIY LIBOSLARIMIZ - MILLAT KO’RKI

Bugun, 12-dekabr kuni universitet Madaniyat saroyida UrDU xotin-qizlar Maslahat kengashi, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida  “Milliy liboslarimiz-millat ko’rki” shiori ostida milliy liboslar ko’rgazmasi tashkil etildi. 

Tadbirni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib, ushbu tanlov universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizni yanada qadrlashga yo’naltirish  va ularni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilishi haqida to’xtalib o’tdi. 

Tanlovda 6 ta fakultetdan iqtidorli qizlar ishtirok etib, “Talaba imidji”, “Oqshom liboslari” va “Milliy-an’anaviy liboslar” nominatsiyalari uchun qizg’in bellashdilar. Natija quyidagicha bo’ldi:

1-o’rin- Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti qizlari;
2- o’rin- Xorijiy filologiya fakulteti qizlari;
3-o’rin- Sport va san’at fakulteti, Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar fakulteti, Pedagogika fakulteti qizlari.

Bundan tashqari, alohida “Tikuvchilik” yo’nalishi bo’yicha natijalar:
1-o’rin- Texnika fakulteti qizlari;
2-o’rin- Fizika-matematika fakulteti qizlari;
3-o’rin- Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari hamda Sport va san’at fakulteti qizlari.

G’oliblar universitet tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.