Urganch davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov  bilan kelishilgan holda Oliy ta'lim vazirligining 2022-yil 25-fevraldagi "OTMda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyani oldini olish bo'yicha" Yo'l xaritasining 8-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida o'quv va ilmiy jarayonda mavjud "plagiat" illatini oldini olishga xizmat qiluvchi  "Antiplagiat" dasturini joriy etish va undan foydalanish to'g'risida o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Markaziy Osiyoda plagiatga qarshi tekshirish xizmatlarini ta'minlash bo'yicha menejerlar  D.Bastaubayeva, A.Qujiyeva va O’zbekistondagi mintaqaviy vakil B.Muhamedovlar  ishtirok etishdi. Seminarda universitet faoliyatida sof akademik-ijodiy muhitni shakllantirish maqsadida “Antiplagiat” dasturini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish xususida batafsil so’z yuritildi.

Unda universitetning barcha fakultet talabalari, magistr, doktaront, mustaqil izlanuvchilar hamda professor - o'qituvchilar  faol ishtirok etishdi.