Urganch davlat universitetida Yangi yil shukuhi

Yangi yil – eng orziqib kutiladigan bayram. U qalblarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Universitetimizda ham bayram shukuhi va bayramga tayyorgarlik ishlari juda qizg’in tarzda davom etmoqda. Hozirda universitet hududi va barcha o’quv binolari, talabalar turar joylari yangi yil bezaklari va rang-barang chiroqlar bilan bezatilmoqda.

Kirib kelayotgan yangi yil barchamiz uchun fayzli, barokatli, omadli va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lsin!