22-DEKABR - XALQARO ENERGETIKLAR KUNI

Sana munosabati bilan Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va energetika sohasida tahsil olayotgan talabalar tomonidan koʻrgazma tashkil qilindi.

Unda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov, fakultet dekani M.Kurbonov boshchiligida fakultet kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilari va talabalar qatnashdilar. Qiziqarli va muhokamalarga boy koʻrgazmada eng yaxshi deb topilgan gʻoya va loyihalar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

22-dekabrga oʻtar kechasi tabiatning ajoyib hodisalaridan biri — eng uzun tun kuzatiladi. Bu kunda sayyoramizning bosh energetigi — Quyoshdan bizga eng kam miqdorda yorugʻlik va issiqlik yetib keladi. Shu bois energetika isteʼmoli eng koʻp boʻladigan ushbu kun dunyoda energetiklar kasb bayrami sifatida nishonlanadi. 

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, fidoiy energetiklar!