Bugun, 27-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 2023-yildagi soʻnggi majlisi oʻtkazildi.
Yigʻilish avvalida rektor B.Abdullayev jamoani kirib kelayotgan 2024-yil bilan qizgʻin tabrikladi. Oʻtib borayotgan 2023-yil universitet faoliyatida ulkan yutuq va marralarga boy yil boʻlganligini alohida eʼtirof etib, kelayotgan yangi yilda bundan-da yuksak zafarlarga erishishda jamoaga kuch-quvvat tiladi. Urganch davlat universitetida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yil sarhisobiga bagʻishlab maʼruza qildi. PhD diplomlarini oʻz egalariga topshirdi.
Shuningdek, faxriy ustozlarning bayram tilaklari tinglandi.
2023-yil davomida Urganch davlat universitetining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy yoʻnalishlarini yuksaltirish yoʻlidagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlariga rektor Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shundan soʼng, ilmiy kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʼz ishini davom ettirdi.