Bugun, 28-dekabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i K.Bobojonov va Ta'limni kredit tizimini boshqarish va ma'lumotlar bazasini monitoring qilish bo'limi boshlig’i M.Habibullayev tomonidan Xorijiy filologiya fakultetida professor-o’qituvchilar uchun o’quv seminar tashkil etildi.
Seminarda kredit-modul tizimida oʼquv jarayonini sifatli tashkil etish, 2023/2024 o’quv yili kuzgi semestri yakuni bo’yicha o’tkaziladigan yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida oʻtkazish va shaffofligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuningdek, uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i H.Shihova o’quv jarayonlarida “Akademik halollik” va taʼlimda korrupsion holatlarni oldini olish haqida maʼruza qildi.