Joriy yil 27-28-dekabr kunlari "1-yanvar-Yangi yil" bayramiga bagʻishlab, universitet Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida Voleybol boʻyicha “Universitet birinchiligi” musobaqalari tashkil qilindi.
Musobaqa natijalariga koʻra:
Ayollar oʻrtasida:
✔️Oliy o'rin: Sport va san'at fakulteti jamoasi;
✔️ 1-oʻrin: Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
✔️2-oʻrin: Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
✔️3-oʻrin: Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
Nominatsiya bo'yicha: Axborot resurs markazi jamoasi.
Erkaklar oʻrtasida:
✔️Oliy o'rin: Universitet terma jamoasi;
✔️ 1-oʻrin: Fizika-matematika fakulteti jamoasi;
✔️2-oʻrin Pedagogika fakulteti jamoasi;
✔️3-oʻrin Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti jamoasi.
Nominatsiya bo'yicha: O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasi.
Gʻoliblar UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.