Bugun, 3-yanvar kuni professor-o’qituvchilar uchun o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish bo’yicha o’quv seminar Pedagogika fakultetida davom etdi.
Unda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i K.Bobojonov, Ta'limni kredit tizimini boshqarish va ma'lumotlar bazasini monitoring qilish bo'limi boshlig’i M.Habibullayev fakultet professor-o’qituvchilariga kredit-modul tizimi va undan oʼquv jarayonlarida samarali foydalanish, yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida oʻtkazish yuzasidan maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i H.Shihova ham ishtirok etib, korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha maʼruza qildi.