Xabaringiz bor, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarni har bir fakultet misolida sarhisob qilish hamda galdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Bugun, 5-yanvar kuni Texnika va Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari jamoalari bilan uchrashuvlarda birinchi prorektor D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda fakultet dekanlari boshchiligida barcha professor-oʻqituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvlarda fakultet professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarni tahlil qilindi, Scopus bazasida maqolalar eʼlon qilish, ilmiy himoyalarni rivojlantirish, laboratoriya jihozlari bilan taʼminlanishni yanada mustahkamlash va unda oqilona foydalanish, taʼlim jarayonlarini sifatli tashkil etish singari masalalarda tegishli topshiriqlar berildi.