San’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go’zal his-tuyg’ularni in’om etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.
Shu boisdan, Urganch davlat universiteti jamoasi teatrga tashrifni, madaniy hordiq olishni goʼzal anʼanaga aylantirgan. Xususan, universitet rahbariyati va o’qituvchi-professorlarining navbatdagi tashrifi 5-yanvar sanasida boʼldi.
Xorazm viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan “Oramizdagi odamlar” spektakli tomoshabinlar olqishiga sazovor boʼlmoqda. Spektaklda Respublikamizning mahoratli aktyor va aktrisalari tomonidan jamiyatimizdagi insonlarning bir-biri bilan munosabatlari ko’rsatib berilgan.