“XXI asr algoritmi” nomli xalqaro konferensiya oʼz ishini Xorazm Maʼmun akademiyasida davom ettirdi

Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universitetida oʼtkazilayotgan “XXI asr algoritmi” nomli xalqaro konferensiya bugun, 8-yanvar kuni oʼz ishini Xorazm Maʼmun akademiyasida davom ettirdi. 

Bugungi seminarlarda AQSH ning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti professorlari Rishi Sonthalia va Michael Murray hamda Virginia universitetining professori Michael Porterlar raqamlashtirish, modellashtirish va IT sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yangiliklar haqida maʼruza qildilar. 

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻylab sayohat qilib, muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.